Qidiruvdagilar ushlandi
Jizzax viloyati Zomin tumani Nurafshon mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi S.SH. firibgarlikni kasbga aylantirgandi. U tomonidan aldanganlar ko’p kuttirmay huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga shikoyat qila boshladilar. Bundan xavotirga tushgan qonunbuzar qochib qoldi. Natijada joriy yilning 29 iyunida firibgarga nisbatan qidiruv e’lon qilindi.
Tabiiyki, ichki ishlar organlari xodimlari S.SH.ning jazodan qutilib qolishiga yo’l qo’ymadilar. Uning Toshkent shahridagi yashirin manzili aniqlanib, qo’lga olindi.
Xuddi shunday soha vakillari G’allaorol tumani Qashqabuloq mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi A.E.ni Jizzax shahridagi yashirin joyida ushladilar. Ushbu shaxs aliment to’lashdan bo’yin tovlagani bois shu yilning 21 noyabridan buyon qidirilayotgan edi.