26 Avgust 2021 yil 707

Qing'ir ishning qiyig'i qirq yilda ham chiqadi

2020 yilning 22 noyabrga o’tar kechasi Jizzax viloyati SHarof Rashidov tumani Tuyoqli mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi tadbirkor O.X.ning uyidan 22 million 200 ming so’m o’g’irlandi. Noma’lum shaxs jabrlanuvchining turar joyida hech kim yo’qligidan foydalanib, darvoza qulfini buzish yo’li jinoyatni amalga oshirgan edi. Bu to’g’rida O.X. ichki ishlar organlariga murojaat qildi. Ammo soha xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natija bermadi.

Tabiiyki, masala e’tibordan chetda qoldirilmagan edi. Qisqasi, to’qqiz oy deganda mazkur o’g’irlik Jizzax shahrining Tinchlik mahallasida yashovchi, muqaddam ayni shu turdagi jinoyatga qo’l urgani uchun sudlangan F.SH. tomonidan sodir etilgani aniqlandi. Ayblanuvchi hibsga olingan.

Text to speech