12 Oktyabr 2022 yil
466
Qochdi, baribir ushlandi
Jizzax viloyati G’allaorol tumani Marjonbuloq shaharcha fuqarolar yig’inida yashovchi O’.K. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167- moddasida ifodalangan, ya’ni o’zlashtirish yoki rastrata yo’li bilan talon-toroj qilish jinoyatini sodir qildi. Qilmishlari oshkor bo’lgach, o’marganlarini joyiga qaytarish o’rniga yashirindi. Natijada jinoyat ishlari bo’yicha Navoiy viloyati sudi unga nisbatan qidiruv e’lon qildi.
Tabiiyki, ichki ishlar organlari xodimlari qochoqning jazodan qutilib qolishiga yo’l qo’ymadilar. Uning Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi yashirin manzili aniqlanib, qo’lga olindi. Ayni vaqtda ayblanuvchi hibsxonada.