30 Noyabr 2021 yil 544

Qochoq qo’lga olindi

Zomin tumani Gulshan qishloq fuqarolar yig’inida yashovchi Z.Z. boshqalarga aziyat yetkazishdan zarracha tortinmaydiganlar tofiasiga kiradi, desak xato bo’lmaydi.

CHunonchi, firibgarlik va o’g’irlikka qo’l urgan bu kimsa fuqarolarga yetkazgan zararlarini qoplash va jinoyatlariga javob berish o’rniga juftakni rostlab qoldi.

SHu bois joriy yilning 16 noyabrida unga nisbatan qidiruv e’lon qilindi. Ko’p o’tmay ichki ishlar organlari xodimlari qochoqning Jizzax shahridagi yashirin manzilini aniqlab, qo’lga oldilar. Ayni vaqtda u hibsxonada.

Text to speech