17 Sentyabr 2021 yil 862

Qo’liga kishan taqdilar

Jizzax viloyati SHarof Rashidov tumani Xayrobod qishloq fuqarolar yig’inida yashovchi shaxsga nisbatan joriy yilning 2 sentyabrida qidiruv e’lon qilindi.

Bunga ushbu shaxsning O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168- moddasida nazarda tutilgan jinoyatga, ya’ni, firibgarlikka qo’l urganligi sabab bo’ldi.

Ammo qochoq uzoq yashirina olmadi. Ichki ishlar organlari xodimlari uning SHarof Rashidov tumani hududidagi yashirin manzilini aniqlab, qo’liga kishan taqdilar. 

Text to speech