23 Dekabr 2021 yil 563

Qonunbuzarlik talaba yoshlar ishtirokida muhokama qilindi

Jizzax shahar ichki ishlar boshqarmasining mas’ul xodimlari Jizzax politexnika instituti talabalari bilan uchrashdi. Tadbir avvalida joriy yilning o’tgan davrida hududda kuzatilgan qonunbuzarliklar haqida ma’lumot berildi. Jinoyat sodir etganlar orasida institut talabalari ham borligi achinarli ekanligi tilga olindi. SHuningdek, joriy yilning 19 dekabr’ kuni Jizzax shahrining Mustaqillik maydoniga o’rnatilgan “Prezident archasi” yonida kuzatilgan huquqbuzarlik tafsilotlari ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, forishlik Jizzax politexnika instituti talabasi 2 nafar kursdoshlari bilan yurgan vaqtda Ziyokor mahallasida yashovchi tengdoshi bilan o’zaro turtilib tortishib qoladi. Janjalga buxorolik va g’allaorollik talabalar hamda Jizzax shahridagi o’rta umumta’lim va kasb-hunar maktablari o’quvchilari ham aralashadi. YOshlarning jamiyatda yurish-turish qoidasiga rioya qilmaganliklari bois kelib chiqqan tortishuv tadbirga jalb qilingan ichki ishlar organlari va milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan bartaraf etilgan. Mazkur holat yuzasidan uyushtirilgan muhokamada har qanday qonunbuzarliklar uchun javobgarlik muqarrarligi tushuntirildi.

Muhokamada yurtimizda yoshlarga qaratilgan e’tibor, ta’lim olishi uchun yaratilgan sharoitlar haqida ham so’z bordi. YOshlar bugun o’qib o’rganishlari va tanlagan kasbining yetuk mutaxassisi bo’lishi yo’lida intilishlari kerakligi aytildi. Ota-onalar farzandlarining yurish-turishi, vaqtincha yashash xonalaridagi sharoitlaridan xabardor bo’lib borishlari kerakligi qayd etildi.

SHuningdek, firibgarlar tuzog’iga tushib qolmaslik, bank plastik kartalarining yashirin kodlarini hech kimga aytmaslik, turar joylarida tabiiy gazdan foydalanishda ehtiyotkor bo’lishlari lozimligi yetkazildi.

Text to speech