7 Yanvar 2022 yil 818

Qonunbuzarliklar muhokama qilindi

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan SHarof Rashidov tumani Saroylik mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi, viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot markazi shifokorining xizmat xonasi ko’zdan kechirilganida u 0,2 gramm “Ketamin” hamda 0,01 gramm “Dizepam” psixotrop dori vositalarini saqlayotganligi aniqlangan.

Mazkur tibbiyot muassasasining yana bir shifokori, Zarbdor tumani YAngibo’ston mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi fuqaroning xizmat xonasida esa 39 ta shishadagi 0,39 gramm “Dizepam”, 1,6 gramm “Ketamin” hamda 18 ta shishadagi 18 gramm “Oksibutirat natriy” psixotrop vositalar borligi ma’lum bo’ldi. Tezkor tadbirda ushbu shaxsning yashash uyidan ham psixotrop dori vositalari topilgan. Ushbu qonunbuzarliklar jamoada muhokama qilinib, sabab va oqibatlari aytildi. Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini saqlashning tartib-qoidalar yana bir bor tushuntirildi.

Tadbirda bank plastik karta firibgarlaridan ogoh etuvchi flayerlar ham tarqatildi va firibgarlar tuzog’iga tushmaslik uchun plastik kartaning yashirin kodlarini hech kimga aytmaslik kerakligi uqtirildi.

Text to speech