19 Oktyabr 2021 yil 615

Qonunni buzgan fuqaro uzoqqa qocha olmadi

Zafarobod tumani Uzun qishloq fuqarolar yig’inida yashovchi shaxs qonunni buzganligi uchun sud tomonidan uning bir qator huquqlari cheklangandi.

Ammo ushbu fuqaro ma’muriy nazorat qoidalarini buzdi. Jumladan, o’zi yashab turgan manzildan ketishi mumkin bo’lmagan holda dom-daraksiz g’oyib bo’ldi.

SHu sababli shu yilning 2 oktyabrida unga nisbatan qidiruv e’lon qilindi. Ammo qochoq uzoq yashirina olmadi. Ichki ishlar organlari xodimlari uning Jizzax shahridagi yashirin manzilini aniqlab, qo’lga oldilar. Ayni vaqtda qochoq hibsxonada.  

Text to speech