7 Dekabr 2022 yil
600
Qurilishdagi o’g’rilik
Joriy yilning 3 dekabr’ kuni Jizzax shahri Sangzor mahallasidagi qurilish ob’yektidan 4 million so’mlik qurilish anjomlari o’g’irlandi. O’g’irlik ob’yektdagi konteyner eshigini buzib kirish yo’li bilan amalga oshirilgandi.
Jabrlanuvchining ichki ishlar organlariga qilgan murojaati asosida jinoyat ishi qo’zg’atilib, olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida o’g’irlik SHarof Rashidov tumani SHarilloq mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi Z.A. hamda O.H. tomonidan sodir etilgani aniqlandi. Ayblanuvchilardan daliliy ashyolar hujjatlashtirib olingan.