18 Avgust 2025 yil 40

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar yuzasidan

Ijtimoiy tarmoqlarda Sh.Rashidov tumanida 2 yoshli bola ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi yuzasidan haydovchiga jinoiy ish paysalga solinayotgani, boy otaning bolasi shaharda bemalol yurgani haqida xabar va holat aks etgan video tarqaldi.

Haqiqatan ham, 2025 yil 19 iyul kuni soat 19:50 larda Sh.Rashidov tumani “Toshkentlik” MFYda yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro E.D. “HYUNDAI SANTA FE TM” rusumli avtomashinani mahallasi hududida boshqarib borayotgan vaqti yo‘lda yurgan 2023 yilda tug‘ilgan M.O.ni urib yuborib, yo‘l-ulov hodisasi sodir etgan.

Oqibatda voyaga еtmagan M.O. bosh miya o‘ng tomon ensa, tepa suyagini yoriqli sinishi kabi tan jarohati olib, RShTYoIM Jizzax filiali nevrohirurgiya bo‘limiga yotqizilgan.

Sudga oid tibbiy ekspertizaning 31 iyul kungi hulosasida jabrlanuvchi “Xayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati” olganligini ko‘rsatgan.

Mazkur holat yuzasidan Sharof Rashidov tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan 2025 yil 1 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan  va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech