7 Yanvar 2023 yil 490

RASMIY MUNOSABAT: HOLAT BUZIB TALQIN QILINGAN

Ijtimoiy tarmoqning “Facebook” sahifasida fuqaro U.Xalikov G’allaorol tumanida yashovchi J.L.ni turmush o’rtog’i J.A. kaltaklanganligi, ammo qonunbuzarga nisbatan tegishli chora ko’rilmaganligi to’g’risida xabar tarqatdi.

Darhaqiqat, 2022 yil 3 oktyabrida J.L. G’allaorol tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, uni urib, haqorat qilgan turmush o’rtog’i J.A.ga chora ko’rishni so’ragan. Tabiiyki, ushbu ariza asosida tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan. Mazkur jarayonda J.L. unga turmush o’rtog’i tan jarohati yetkazmaganligi, balki tan jarohatini jahl ustida uyidan chiqib ketayotgan paytda ehtiyotsizlik oqibatida yiqilishi sabab olganligini bildirgan.

Bundan tashqari tekshiruv davomida J.L. tuman IIB boshlig’i nomiga qarshi ariza bilan murojaat qilib, turmush o’rtog’i J.A.ga nisbatan hech qanday e’tirozi yo’qligini ma’lum qilib, surishtiruv harakatlarini to’xtatishni so’ragan.

O’z navbatida tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasiga ko’ra tuman IIB tomonidan jinoyat ishi qo’zg’atishni rad qilish haqida qaror qabul qilingan.

SHu o’rinda, keng jamoatchilik orasida turli noto’g’ri talqin va asoslanmagan ma’lumotlar tarqatmaslikni, bunday qonunbuzarlik uchun qonunchilikda javobgarlik mavjudligini hamda shu kabi xabarlar tarqalganda rasmiy manbalarga tayanish zarurligini eslatib o’tamiz.

 

Jizzax IIB axborot xizmati.

Text to speech