25 Fevral 2023 yil 468

Respublika miqyosida birinchi

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 23 avgustdagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha sektorlar faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida” qarori asosida sektorlar rahbarlarining faoliyati reyting asosida baholanishi va ilg’orlar rag’batlantirilishidan xabaringiz bor. Ana shu bellashuvning respublika bosqichida, yana ham aniqrog’i, 832 ta sektor rahbarlari orasida Jizzax viloyati Do’stlik tumani IIB boshlig’i, podpolkovnik SHerzod Qosimov birinchi o’rinni egalladi.

Ma’lumot o’rnida aytish kerak, sektorlar rahbarlarining faoliyatini baholashda sektorlar rahbarlarining ijtimoiy-iqtisodiy islohotlardagi ishtiroki, aholi murojaatlari bilan ishlash, shaxsiy tashabbuskorligi, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish kabi bir bir qator jihatlar mezon vazifasini o’taydi. Aytgancha, “Eng namunali sektor” rahbariga  mukofotlar Jizzax viloyati hokimligida topshirildi. Erishilgan yuksak natija bilan hamkasbimizni qutlaymiz.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Text to speech