“Sayyor patrul” guruhi jamoat joylarida qonunbuzarliklarning oldini olish choralarini ko`rmoqda
Paxtakor tumanida tashkil qilingan “Sayyor patrul”
guruhi tomonidan ko`cha va jamoat joylarida sodir etilishi mumkin bo`lgan
qonunbuzarliklarning oldini olish choralari ko`rilmoqda. Shu maqsadda aholi
gavjum joylar, savdo va ko`ngilochar markazlarda jamoat tartibini saqlash bilan
birga mahallalarda targ`ibotlar ham qilinmoqda.
Ta’kidlash joiz, mazkur “Sayyor patrul” guruhi
viloyat IIB JXX JTSB PPX bataloni, YHXB hamda O`zbekiston Respublikasi Milliy
gvardiyasi va viloyat FVB, Paxtakor tumani IIB xodimlaridan tuzilgan. Guruh
a’zolari nizoli oilalar, janjal va nizoga sabab bo`ladigan hamda nosog`lom
turmush tarzini kechiruvchi fuqarolar bilan ham profilaktik suhbatlar
o`tkazishmoqda.
Hududning Do`stlik, Dilorom va Suvonobod mahalla
fuqarolar yig`inida bo`lgan guruh a’zolari umumiy ovqatlanish shohobchalari
rahbarlari va ish boshqaruvchilari bilan muloqot qilishdi. Shu bilan birga
fuqarolar ko`p bo`ladigan joylarga hushyorlikni oshirish, qonunbuzarlikka guvoh
bo`lganda huquq-tartibot idoralariga xabar berishga oid targ`ibot materiallari
ilindi.
Shuningdek, ko`p qavatli uylarda aholi bilan ham
suhbat qilinib, yo`laklarda buyumlarni nazoratsiz qoldirmaslik, bu kabi
holatlar o`g`irlik jinoyati sodir etilishi sabab bo`lishi haqida tushunchalar
berildi.
“Sayyor patrul” guruhi tomonidan o`q-otar ov quroliga
ega shaxslarning ov qurolini belgilangan tartibda saqlashlari ham
o`rganilayotir.