Salomatlik yo’lida
O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Ichki ishlar organlarining davolash-profilaktika muassasalariga biriktirilgan tarkibni chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkazish to’g’risida” ko’rsatmasiga asosan Jizzax viloyati ichki ishlar organlari xodimlari, pensionerlar va ularning oila a’zolari hamda ishchi va xizmatchilari chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkazilmoqda. Ko’rik avvalida tibbiyot xodimlari sog’liq saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar xususida gapirib, kasalliklarni barvaqt aniqlash va o’z vaqtida davo choralarini ko’rish masalalarini muhokama qilishdi. SHuningdek, bu kabi tibbiy tadbirlar xodimlarning o’zaro malaka va tajriba almashishlarida ham muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.
Mazkur ko’rik davomida gastroenterolog, kardiolog, urolog, jarroh, kardiovizor, endokrinolog, dermatolog, otorinolaringolog, UTT shifokori hamda Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi tibbiyot bo’limi tor mutaxassislaridan iborat malakali shifokorlar murojaatchilarga sog’lom turmush tarzi bo’yicha ham tushuntirish ishlarini olib borishdi.
Poytaxdan malakali mutaxassislarning bevosita Jizzax viloyatida tibbiy yordam ko’rsatishi viloyat ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylarini mamnun qildi.
Chuqurlashtirilgan ko’rik davomida salomatligini yo’qotgan ichki ishlar organlari faxriylarining yashash uylariga borib ularni tibbiy ko’rikdan o’tkazish ham rejalashtirilgan.
Ma’lum qilinishicha, tibbiy tadbir 10 sentyabrgacha davom etadi.