30 Sentyabr 2023 yil 1668

Salomatlik o`z qo`limizda

28 sentyabr “Xalqaro quturish kasalligiga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan ta’lim muassasalari va jamoat joylarida targ`ibot va tashviqot ishlari olib borildi. Xususan, Sharof Rashidov tumanidagi 13- sonli o`rta umumta’lim maktabi o`quvchilari ishtirokida ham profilaktik tadbir o`tkazildi. Mazkur tadbirda Jizzax viloyati IIB JXX JTSB karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi, viloyat sanitariya va epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi, favqulodda vaziyatlar hamda veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari mas’ullari tomonidan quturish kasalligi, uning insonga yuqish yo`llari va profilaktikasi xususida ma’lumot berishdi. 

Bundan tashqari yoshlarga quturish kasalligining kelib chiqish sabablari, uning oldini olish va kasallik paydo bo`lganda ko`riladigan zarur choralar haqida ham tushunchalar berildi. Shuningdek, it va mushukni saqlash qoidalari va bu borada hayvon egalarining vazifalari etkazildi. Ushbu hayvonlar belgilangan tartibda emlanishi zarurligi aytildi. 

Tadbir davomida quturish kasalligidan ehtiyot bo`lish hamda hayvon tishlaganda qo`llaniladigan zarur chora-tadbirlar aks ettirilgan bukletlar tarqatildi.

Text to speech