14 Avgust 2024 yil 1872

Faoliyat tahlil qilindi

Jizzax viloyati IIB boshlig`i o`rinbosari, podpolkovnik Rahmatulla Bo`riev huzurida JXX bo`ysunuvidagi xizmatlar tomonidan joriy yilning o`tgan davrida amalga oshirilgan ishlar muhokamasiga bag`ishlangan yig`ilish o`tkazildi. Videoselektr tarzidagi yig`ilishida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, aholining tinch va osoyishta hayotini ta’minlash, jamoat xavfsizligini saqlash, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish borasida shahar va tumanlar ichki ishlar bo`limlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasining “Probasiya to`g`risida”gi qonuni mazmun-mohiyati tushuntirildi. Yig`ilishda huquqbuzarliklar profilaktikasi, jamoat tartibini saqlash hamda yo`l harakati xavfsizligini ta’minlash borasida yo`l qo`yilgan kamchiliklar ko`rsatilib, hududiy IIO tomonidan “Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi” oyligi doirasidagi hamda probaiya nazoratidagi shaxslar bilan olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish bo`yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Text to speech