29 Yanvar 2022 yil 585

Sarbozorlik fuqaro topilgan qurolni IIBga topshirdi

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan targ’ibot natijasida G’allaorol tumani Sarbozor mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi shaxs ov qurolini ichki ishlar organlariga topshirdi.

Miltiq uning marhum otasiga tegishli bo’lgan va u qurolni molxonasi tomini ta’mirlayotganda topib olgan. O’tkazilgan ekspertiza 16 kalibrli, 1 stvolli, 1952 yilda ishlab chiqarilgan, ZK rusumli mazkur miltiq otishga yaroqli ekanligini ko’rsatdi.

Text to speech