25 Dekabr 2021 yil 639

Sarhisob: 2021 yil ichki ishlar organlarida tub islohotlar yili

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasida “Sarhisob: 2021 yil ichki ishlar organlarida tub islohotlar yili” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi sohaviy xizmatlar xodimlari ishtirok etgan tadbir avvalida “Sog’lom turmush tarzi” mavzusida ma’ruza qilindi. Jizzax viloyati OITSga qarshi kurashish markazi yetakchi mutaxassisi Nizom Jamolov o’z nutqida har bir kishi o’z salomatligi uchun mas’ul ekanligini ta’kidlab, to’g’ri ovqatlanish, ekologik baroqarorlik, irsiy kasalliklar, malakali tibbiy xizmat va sport bilan doimiy shug’ullanish bu borada muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etdi.

Yig’ilishda yakunlanib borayotgan joriy 2021 yil ichki ishlar organlarida tub islohotlar yili bo’lganligi aytildi. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari, polkovnik Olimjon Abdullayev ichki ishlar organlarida o’tkazilayotgan islohotlarning salmog’ini ichki ishlar organlari boshqaruv tizimi to’liq maqbullashtirilib, shaxsiy tarkib quyi bo’g’inda, bevosita aholi o’rtasida xizmat qilishi ta’minlanganligini aytib o’tdi.

Ma’lum qilinganidek, tizimdagi sohaviy xizmatlar qaytadan isloh qilinib, zamon talablaridan kelib chiqqan holda, xavfsiz turizmni ta’minlash, probatsiya, surishtiruv, mahalla huquq-tartibot maskani va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishga ixtisoslashgan bo’linmalar yangitdan tashkil qilindi. Mahallalarda jinoyatchilikning oqibatlari bilan kurashishga emas, balki huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga o’tildi. O’tkazilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi sifatida xizmat faoliyatini bosqichma-bosqich raqamlashtirish borasida ham tizimli ishlar amalga oshirilayotgani tilga olindi.

Yig’ilishda aytilganidek, joriy yilning 12 fevralida davlatimiz rahbari boshchiligida IIVda ilk bor Vazirlik hay’atining kengaytirilgan majlisida belgilab berilgan muhim vazifalar tizimda amalga oshirilayotgan islohotlarning ikkinchi bosqichini boshlab berdi. Unga ko’ra, bugungi kunda Prezidentimizning 2 ta farmoni va 8 ta qarori, Hukumatning 6 ta qarori hamda 19 ta idoraviy va idoralararo normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

O’tayotgan yilda viloyat ichki ishlar organlarida o’z kasbiga sadoqatli, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni chuqur his qilgan holda sharafli burchlarini vijdonan bajargan fidoyi xodimlarining 8 nafari davlat mukofotlari bilan, 82 nafari ichki ishlar vazirligi, 86 nafari “Mustaqillikning 30 yilligi” hamda 174 nafari “Ichki ishlar organlarining 30 yilligi” ko’krak nishonlari yana ko’plab xodimlar viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’ining mukofotlari bilan taqdirlangani e’tirof etildi.

Tadbirda joriy yilning 29 noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” Prezident farmoni mazmun-mohiyati, unda belgilangan vazifalar yana bir bor tushuntirildi.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan xizmat intizomi va qonunchilik talablarining buzilishiga oid “So’nggi imkoniyat” ko’rsatuvi namoyish etildi.

YAkunda Jizzax garnozoni ma’muriy sektori rahbarining “Jaloliddin Manguberdi vorislari” va “Amir Temur o’g’lonlari” sport musobaqasida faol ishtirok etib umumjamoa hisobida birinchi o’rinni qo’lga kiritganliklari uchun viloyat ichki ishlar boshqarmasi tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi jamoasiga diplom hamda bir guruh xodimlarga ijara pullari topshirildi.

 

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech