29 Yanvar 2022 yil
545
Sayyor sudda uch nafar mahkumning ishi qayta ko’rib chiqildi
Jinoyat ishlari bo’yicha Forish tumani sudi tomonidan sayyor sud o’tkazildi. Mazkur jarayonda o’g’irlikka qo’l urgan 2 nafar shaxsga jazo tayinlandi. SHundan so’ng Forish tumani ichki ishlar organlari probatsiya xizmati nazorati ostida bo’lgan 3 nafar mahkumning jinoyat ishlari qayta ko’rib chiqildi va ular shartli ravishda ozodlikka chiqardi.
SHundan so’ng ichki ishlar organlari probatsiya xizmati nazorati ostidagi mahkumlar ishtirokida qayta jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan targ’ibot tadbiri uyushtirildi. Bu jarayonda mamlakatimiz sud-huquq tizimida kechayotgan islohotlar, jinoiy jazolarni liberallashtirish borasidagi o’zgarishlar haqida ma’lumotlar berildi. SHuningdek, qayta jinoyat sodir etish oqibatlari tushuntirildi.