Sektor boshlig`i Zarbdorda faollar bilan muloqot o`tkazdi
Jizzax viloyati IIB hamda viloyat
prokuraturasi tomonidan Zarbdor tumanida kriminogen vaziyatni barqaror saqlash,
jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish, aholi osoyishtaligini
ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Tuman
sektorlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahallalar beshligi
ishtirokidagi mazkur tadbirda Jizzax viloyati IIB boshlig`i, general-mayor
G`ayrat Qodirov joriy yilning o`tgan davrida hududda sodir etilgan
qonunbuzarliklar xususida to`xtaldi.
Shuningdek, bugungi kunda “Xavfsiz mahalla”
tamoyilini hayotga tatbiq etishga qaratilgan qo`shma qaror ijrosi bo`yicha
belgilangan vazifalarni tezkor va samarali hal etish choralarini ko`rish
lozimligi qayd etildi. Yig`ilishda kelgusida hududda huquqbuzarlik va
jinoyatlar sodir etilishining oldini olishga oid aniq vazifalar belgilandi.
So`ngra tumanda ichki ishlar organlari xodimlarining tungi faoliyati
o`rganildi.