26 Fevral 2022 yil 564

Sektor rahbari aholi muammolarini o’rgandi

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov Forish tumani Egizbuloq mahallasida aholi va yoshlar bilan uchrashdi.

Sayyor qabulda fuqarolar tomonidan ichimlik suvi hamda tabiiy gaz bilan ta’minlash, elektr ta’minotini yaxshilash, oilaviy tadbirkorlikni yo’lga qo’yish yoki rivojlantirish uchun kredit mablag’i olish, ko’chalarni ta’mirlash, moddiy yordam, ishga joylashish, tibbiyot maskani faoliyatini yo’lga qo’yish kabi qator masalalarda amaliy yordam so’raldi.

Qabuldan so’ng sektor rahbari mahalla raislari, hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari, korxona va tashkilotlarning rahbarlari bilan muloqot qildi. Yig’ilishda “mahallabay” va “fuqarobay” ish samaradorligini oshirish, joylardagi muammolarni manzilli o’rganish va bartaraf etish bo’yicha topshiriqlar berildi.

SHu kuni viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i “Egizbuloq” mahallasida yangi tashkil etilayotgan issiqxona qurilishini ko’zdan kechirdi. Ushbu issiqxona faoliyat boshlashi bilan 10 kishi ish bilan ta’minlanadi. Ayni damda yer qazish va suv bilan ta’minlash choralari ko’rilmoqda.

Xuddi shunday, mahalla fuqarolarining tomorqadan foydalanish darajasiga ham e’tibor qaratildi. SHu ma’noda issiqxona orqali daromad olayotgan xonadonlarda aholi bilan suhbatlar olib borildi. YUtuqlari e’tirof etilib, mavjud muammolar tinglandi. Ularni hal etish bo’yicha mas’ullarga vazifalar yuklatildi.

Sayyor qabul doirasida YOshlar festivali ham uyushtirildi. 15 sonli o’rta umumta’lim maktabida o’tgan tadbirda 3- sektor hududdagi mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlarning rassomchilik, hunarmandlik va haykaltaroshlik namunalari ko’rgazmasi tengdoshlari va qatnashchilar e’tiborini tortdi. Bundan tashqari, sportning shaxmat va stol tennis turlari bo’yicha musobaqalar, kitob yarmarkasi, konsert dasturi ham tashkil qilindi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i tuman xalq qabulxonasi mudiri va barcha tuman korxona hamda tashkilotlar mas’ullari hamrohligida ushbu ko’rgazmada namoyish etilgan asarlar bilan tanishdilar. Tadbir davomida yurtimizda yoshlarning ilm olishi va kasb-hunar sirlarini o’rganishlari uchun yaratilgan sharoitlar xususida so’z yuritildi. SHuningdek, sektor hududidagi yoshlarning 4 nafariga haydovchilik kurslarida o’qishlari uchun pul to’lovlari to’langanligi, 5 nafariga kredit mablag’lari ajratilganligi haqidagi sertifikatlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning 4 nafariga subsidiya asosida sug’orish anjomlari, 16 yoshga to’lgan 4 nafar yoshlarga esa ID kartalar topshirildi. Bir guruh tashabbuskor yoshlar esa faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Text to speech