Sektor rahbari baxmalliklar bilan uchrashdi
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqrmasi boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov Baxmal tumanida aholi muammolarini mahallabay o’rganish va hal etish maqsadida sayyor qabul o’tkazdi. Tadbirda asosiy e’tibor muammolarni joyida bartaraf etish choralari ko’rildi. Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’ining aholi muammolarini o’rganish va ularni joyida hal etishga qaratilgan navbatdagi sayyor qabulida “Fidokor” mahallasi ahli ishtirok etdi.
6 ming sakkiz yuz nafarga yaqin fuqaro istiqomat qiladigan mahallada dehqonchilik va chorvachilik asosiy tirikchilik manbaalari hisoblanadi. Bundan tashqari deyarli har bir xonadonda tomorqa mavjud bo’lib, qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtiriladi. SHunga qaramay bandlik masalasi bu hududda ham og’riqli. SHu bilan birga ko’chalar ta’miri, avtobus bekatlari qurish, elektr energiyasi tarmoqlaridagi simyog’ochlarni almashtirish dolzarb masalalardan sanaladi. Qabulda ushbu muammolar bilan birga tadbirkorlik, issiqxona qurish, dehqonchilik va chorvachilik faoliyatlarini boshlash va o’zini o’zi band qilish maqsadida tijorat banklaridan kredit olish, maktabgacha ta’lim tashkilotini jihozlash singari 30 ta masalada amaliy yordam so’raldi.
Hududda 3 ta oila temir daftar, 32 nafar xotin-qizlar ayollar va yoshlarning 28 nafari yoshlar daftariga ro’yxatga olingan. 3- sektor tomonidan ularni ijtimoiy-huquqiy qo’llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash ishlarini samarali tashkil etish, oilaviy daromadlarini yaxshilash va bu borada mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarda faol qatnashishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilib, izchil ish olib borilayapti.
Qabuldan so’ng Jizzax viloyat 3- sektor rahbari va tuman hokimi ayollar daftarida ro’yhatda turuvchi uy-joy ta’miriga muhtoj Gavhar Avazovaning yashash xonadonida bo’ldi. Mavjud muammolar o’rganilib, yashash xonadoni hujjatlarini rasmiylashtirish bo’yicha mas’ullarga topshiriq berildi. SHuningdek, uy-joyini ta’mirlashga ko’maklashiladigan bo’ldi.