Sektor rahbari fuqarolar muammolarini o’rgandi
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i haftaning har shanba kuni boshqarmada o’z shaxsiy qabulini o’tkazmoqda. Navbatdagi qabulda 20 nafarga yaqin fuqaro turli masalalar yuzasidan murojaat qildi. CHunonchi, huquqiy yordam olish, turar joyga oid va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, firibgardan ko’rilgan zararni qoplash, davolanish uchun moddiy yordam ajratish, qonunni buzgan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish bo’yicha ko’mak so’raldi.
Muloqotlar davomida ko’tarilgan har bir masalaga yechim topish nuqtai nazaridan tegishli mas’ullar biriktirilib, muammolarni hal etish muddatlari belgilandi. Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’ining bu kabi qabullari viloyatning 3- sektoridagi aholi punktlarida muntazam o’tkazilmoqda.
Mazkur jarayonda fuqarolar murojaatlaridan kelib chiqib, qator ishlar amalga oshirilayapti. Xususan, aholi bandligini ta’minlash maqsadida 3- sektor vakillari tadbirkor va ishbilarmonlarni qo’llab-quvvatlash, oilaviy tadbirkorlik uchun subsidiya va kreditlar ajratish, ayollar, yoshlar va temir daftarga kiritilganlarni yer va ish qurollari bilan ta’minlash choralarini ko’rishayapti.
SHuningdek, soha xodimlari yo’llarga shag’al yotqizish, turar joy va ijtiomiy soha ob’yektlarini isitish hamda respublikamiz Prezidenti tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “YAshil makon” umummilliy loyihasini hayotga tatbiq etish masalasiga alohida e’tibor qaratmoqdalar.