11 Mart 2022 yil 588

Sektor rahbari qipchoqsuvlik fuqarolar bilan muloqot o’tkazdi

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov tomonidan G’allaorol tumanining Qipchoqsuv qishloq fuqarolar yig’inida sayyor qabul uyushtirdi. 3- sektor rahbarining sayyor qabuli avvalida yoshlar festivali bo’lib o’tdi.

Tadbirda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus doirasida ko’rgazma tashkil etildi. CHunonchi, hudud yoshlari tomonidan tayyorlangan xalq amaliy san’ati namunalari, xususan, haykaltaroshlik, tasviriy san’at, hunarmandchilik namunalari, shuningdek fan va sport sohasida erishilgan natijalarni ifodalovchi faxriy yorliqlar, medal’ va kuboklar namoyish etildi. O’quvchilar milliy cholg’ularda kuylar ijro etishdi.

Bundan tashqari ichki ishlar organlari kinologlari xizmat itlari yordamida jinoyatlarni fosh etish va qonunbuzarlarni tutishga oid salohiyatlarini ko’rsatdilar. Xuddi shunday, yoshlar Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi hamda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari foydalanuvidagi qurollar, yarog’ va aslahalar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’lishdi. 

Viloyatdagi ixtisoslashgan shifoxonalar hamda G’allaorol tumani tibbiyot birlashmasining shifokorlari tomonidan xohlovchilar chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkazildi. “Sog’lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg’armasi tomonidan yoshlar, ayollar va temir daftarda turganlarga darmondorilar, suv fil’trlari, ko’zoynaklar tarqatildi.

Festival davomida 3- sektor rahbari so’zga chiqib, mamlakatimizda yoshlarning bilim olishlari, kasb-hunar egallashlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda aholining turmush farovonligini yuksaltirish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlarga to’xtalib o’tdi. So’ng yoshlarning 2 nafariga oliy ta’lim kontrakt to’lovi, yana 2 nafariga safarbarlik chaqiruv rezervida xizmat qilish to’lovi, 2 nafariga esa 1 gektar yerdan foydalanish huquqini beruvchi sertifikatlar topshirildi. 8 nafar yoshga o’t o’rish uskunalari berildi.

SHuningdek, 9 ta o’rtaumumta’lim maktabiga ovoz kuchaytirgich, yana 4 ta maktabga cholg’u asboblari va ovoz kuchaytirgich, 1 ta maktabga sport anjomlari ajratildi. Ikki nafar fuqaro nogironlik aravachasini qabul qilib oldi. Xuddi shunday, 5 nafar yoshga tantanali ravishda fuqarolikni tasdiqlovchi  ID kartalar topshirildi. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus doirasida faol o’quvchilar faxriy yorliq va kitoblar bilan rag’batlantirildi.

SHundan so’ng hududdagi aholi punktlarida faoliyat ko’rsatayotgan hunarmandlar, ustalar hamda tadbirkorlik sub’yektlari vakillari tomonidan tayyorlangan mahsulotlar bilan tanishildi. Sayyor qabulda tumanning Solin, Tollisoy, Naqrach, Qayrog’ochli, SHirinbuloq, Kichiksoy, Jiydali, Kattasoy kabi 10 dan ziyod qishloqlarida yashovchi 60 nafardan oshiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Ular tomonidan elektr, suyultirilgan gaz va ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, yo’llar ta’miri, tadbirkorlik uchun bino, yer, kredit, subsidiya ajratish, sog’likni tiklash, davolanish, pensiya miqdorini oshirish, firibgardan pul undirish, uy ta’miri, ishga joylashish kabi masalalar yuzasidan talab va takliflar bildirildi. 3- sektor rahbari, G’allaorol tumani hokimi Jalol Oqboyev, viloyat va tuman tashkilotlari mas’ullari hamda hokim yordamchilari hamkorligida ko’tarilgan masalalarni hal qilish choralarini belgilandi.

Aytish joiz, 3- sektor rahbari tomonidan o’tkazilayotgan sayyor qabullarda asosiy e’tibor bir martalik yordam ko’rsatishga emas, balki har bir fuqaroni tadbirkorlikka jalb etishga, shu orqali odamlarning doimiy daromad manbaiga ega bo’lishlariga qaratilyapti. Bunday sayyor qabullar 3- sektordagi barcha qishloq va mahallalarda belgilangan reja asosida tashkil qilinayotir.

Text to speech