25 Noyabr 2023 yil 2425

Sektor rahbari Mirzacho`l va Do`stlik tumanlarida tungi vaqtda tashkil etilayotgan ishlar bilan tanishdi

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i, general-mayor G`ayrat Qodirov Mirzacho`l tumani Toshkent QFYda jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo`yicha tungi xizmatga jalb etilgan huquq tartibot organlari xodimlari hamda “mahalla beshligi”ning hamkorlikda olib borayotgan xizmat jarayonlari bilan tanishdi. Tuman mas’ullari va mahalla faollari bilan muloqot qilib, zarur kuch va vositalarning taqsimlanishi, mavjud muammolarning echimini bevosita hududning o`zida hal etishga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, aholi punktida tadbirkorlikni rivojlantirish, ishsizlikka barham berish ishlariga ham diqqat qilinib, mahallada faoliyat ko`rsatayotgan davlat xizmatchilariga ish faoliyati samaradorligini oshirish, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo`llab-quvvatlash, yoshlarning bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazishlariga sharoit yaratish, sport va madaniy-ma’rifiy tadbirlar uyushtirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo`yicha topshiriqlar berdi.

Tumandagi ijtimoiy ijtimoiy soha ob’ektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlarining bugungi holati bilan ham tanishdi. Mutasaddilar bilan avvalgi o`rganishlar chog`ida mavjud masalalarni hal etish bo`yicha bergan topshiriqlari ijrosi muhokama qilindi.

Do`stlik tumanida jinoyatchilikni jilovlash va aholi osoyishtaligini ta’minlash uchun bevosita huquq-tartibot idoralari tomonidan jamoatchilik bilan hamjihatlikda “qizil” toifaga kiritilgan mahallalarda osoyishtalikni, “ijtimoiy profilaktika” hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar o`rganildi. Jarayonda mahalla faollari bilan suhbat qilinib, aholining muammo va takliflari tinglandi.

Bundan tashqari “Dolzarb 40 kunlik” keng ko`lamli tadbiri doirasida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish, fuqarolar osoyishtaligini ta’minlashda amalga oshirilishi lozim bo`lgan aniq vazifalar belgilab berildi. Bu borada ichki ishlar organlari korxona-tashkilotlar, jamoat uyushmalari va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda faoliyat ko`rsatishi lozimligi qayd etildi.

Text to speech