3- sektor rahbari Yangiobod tumanida sayyor qabul o`tkazdi
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i,
general-mayor G`ayrat Qodirov Yangiobod tumani “Xovotog`” QFYda sayyor qabul
o`tkazdi. Muloqotda tumanning Qo`shqand, Uchturgan va Qo`riq qishloqlarida
istiqomat qiluvchi fuqarolar o`zlarini qiynayotgan muammolarini hal etishda
yordam so`rashdi.
Xususan, yashash xonadonini ichimlik suvi tarmog`iga
ulash, eskirgan elektr simyog`ochlarni yangilash, moddiy yordam ajratish,
elektr kuchlanishini yaxshilashga oid masalalar ko`tarildi. Bundan tashqari
ichki ko`chalarga shag`al yotqizish, chorvachilik uchun kredit olish bilan
bog`liq muammolarga ham mutasaddilar ishtirokida echim izlandi.
Ochiq muloqot so`nggida boshqarma boshlig`i
murojaatlarni izchillik bilan hal etish orqali aholiga zarur yordam ko`rsatish
yuzasidan mas’ullarga vazifalar yukladi. Shuningdek, sektor rahbari “Ayollar
daftari”da ro`yxatda turgan 4 nafar xotin-qizlarga elektr pechi, 5 kishiga
o`zini-o`zi band qilishi uchun kredit ajratilganligi, 4 nafar yoshlarga moddiy
yordam ko`rsatilishiga oid sertifikat topshirildi. Shuningdek, O`zbekiston
Respublikasi fuqaroligi bo`lmaganlarga ИД kartalar topshirdi.
Muloqot davomida mutasaddilar tomonidan ayrim
masalalar joyiga chiqilgan holda o`rganilib, oilalarga yordam ko`rsatilishi
belgilandi.