28 Iyul 2022 yil 565

Sektor rahbari hududlardagi obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i joylardagi bunyodkorlik ishlarini ko’zdan kechirdi. Quruvchi va mas’ullar bilan suhbatda xodimlar uchun zarur sharoitlarni yaratish, hudud obodligini ta’minlash lozimligini uqtirildi. Ta’kidlash joizki, yo’l harakati xavfsizligi boshqarmasi binosining qurilishi o’tgan yili boshlangan edi. Bugunga qadar bino qad rostlab, hozirda devorlarini pardozlash ishlari olib borilayapti. SHu bilan birga atrofni obod qilish, o’ziga xos landshaft yaratish borasidagi ishlar davom etmoqda. Qayd etilishicha, bino yumshoq mebellar, komp’yuterlar, aloqa va axborot vositalari bilan ta’minlanadi. Xodimlarning intellektual va kasbiy bilimini oshirish uchun ham zarur qulayliklar yuzaga keltiriladi.

Xuddi shunday, Jizzax shahar ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati yo’l harakati xavfsizligi bo’limi uchun ham yangi bino bunyod etilayapti. Boshqarma boshlig’i ushbu qurilish ishlarining borishi bilan ham tanishib, mavjud kamchiliklarni hal etish, hududni obod qilish bo’yicha mutasaddilarga aniq vazifalar yukladi.

SHuningdek, boshqarma boshlig’i viloyat hududidan o’tgan temir yo’lda xavfsizlikni ta’minlash va infratuzilmaning xavfsiz qo’riqlanishini ham o’rgandi. Bu jarayonda temir yo’l iziga yaqin joylashgan aholi punktlari, korxona va tashkilotlarda hududlarini obod qilish ishlariga ham e’tibor qaratdi. Xususan, temir yo’l yonidagi panjara va devorlarni ta’mirlash orqali sodir etilishi mumkin bo’lgan qonunbuzarliklarning oldini olish mumkinligi tushintirildi. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni ko’zdan kechirish chog’ida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

 

Text to speech