2 Mart 2022 yil 511

Sektor rahbari obodonlashtirish ishlarning borishi bilan tanishdi

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i Zarbdor tumanida hududni ijtimoiy-iqtsodiy rivojlantirish, obodlikni ta’minlash, aholi bandligi bilan bog’liq muammolarni hal etish borasidagi ishlar bilan tanishdi.

Bahor kelishi bilan dehqonlar dalaga otlanib, yerga urug’ qadash, mevali va manzarali ko’chatlarni o’tqazish ishlarini boshlashadi. Zarbdor tumanidagi 3- sektor hududida faoliyat ko’rsatayotgan fermer va dehqon xo’jaliklarida ham bu boradagi ishlar jonlandi. Xususan, SHarq yulduzi qishloq fuqarolar yig’ini aholisi hudud obodligini ta’minlash, ariq va zovurlarni tozalash, daraxt ko’chatlari o’tqazish ishlarida faol ishtirok etishmoqda. Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i ushbu ishlarning borishi bilan tanishib, ish ko’lamini oshirish, ishchi xodimlarga zarur qulayliklar yaratish lozimligini urug’ladi. Tuman mas’ullar tomonidan ekilayotgan ko’chatlar navlari, soni va tumanda olib borilayotgan bu kabi ishlar xusuida ma’lumot berdilar.

3- sektor rahbari hududdagi “Zarbdor parranda” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli parrandachilik kompleksi faoliyatini ham ko’zdan kechirdi. Bu yerda parranda go’shti yetishtirish, kelgusidagi rejalar bilan ham o’rtoqlashdi. Boshqarma boshlig’i shu yerda hokimning mahallalardagi iqtisodiy masalalar bo’yicha yordamchisi hamda yoshlar yetakchisi bilan suhbatlashib, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish orqali yangi ish o’rinlari yaratish, yoshlar tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash va ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar berildi. Fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarini hal etish, infratuzilmani yashilash kabi qator masalalar bo’yicha tuman mas’ullari va sektor rahbarlariga vazifalar yuklandi.

Text to speech