19 May 2023 yil 563

Sektor rahbari hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy ob’yektlarni o’rgandi

Jizzax viloyati IIB boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov Arnasoy tumanining 3- sektoridagi bir qator ijtimoiy-iqtisodiy ob’yektlarda bo’lib, mavjud muammolarni hal qilish yuzasidan faollar va aholi vakillari bilan muloqot qildi. Dastlab sektor rahbari tuman sektorlar rahbarlari bilan birga g’o’za qator oralariga ishlov berish ishlarining borishi bilan tanishdi.

Jarayonda agrotexnik tadbirlarni o’z vaqtida va sifatli bajarilishiga e’tibor qaratish lozimligi uqtirildi. SHu qatorda ekin maydoni atrofidagi yerlardan unumli foydalanish masalasiga ham diqqat qilindi. SHuningdek, Oqbuloq suv iste’molchilar uyushmasi hududidagi bog’dorchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan “Xoliq bobo duosi” fermer xo’jaligi faoliyati ham ko’zdan kechirildi.

Ma’lum qilinishicha, xo’jalikning 16 gektar yer maydoni bo’lib, 6 gektarida intensiv usulda uzum yetishtirilayapti. Bundan tashqari baliqchilik va parrandachilik ham rivojlantirilmoqda.

SHu kunlarda tumanning Bobur mahallasidagi 22- sonli o’rta umumta’lim maktabida ta’mirlash ishlari olib borilayapti. 15 aprelda boshlangan bunyodkorlik ishlari yangi o’quv yiliga qadar tamomlanishi reja qilingan. Bugunga qadar o’quv binolarining shiferlari yangilandi. Boshqarma boshlig’i ushbu ishlarni ham o’rganib, quruvchilar bilan muloqot qildi. Ish sifatini yaxshilash, zarur qulaylikni yaratish bo’yicha mas’ullarga vazifalar yuklatildi.

Tadbir chog’ida xotin-qizlar bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash masalalari ham e’tibordan chetda qolmadi. SHu ma’noda tikuvchilik sexlari faoliyati bilan tanishgan sektor rahbari tikuvchilar bilan suhbatda bo’lib, faoliyatni kengaytirish orqali yangi ish o’rinlari yaratishga oid tashabbuslarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

SHu kuni aholining tomorqadan foydalanishlariga ham e’tibor qaratildi. Baliqchilik va issiqxona yo’nalishlarida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi hamda oilaviy tadbirkorlar bilan muloqotlar qilindi. Ilg’or tajribalarni ommalashtirish lozimligi qayd etildi.

Jarayonda mahalla markazi qurilishi, tibbiy punkt hamda o’rta umumta’lim muassasalarida o’quvchilarning ta’lim olishi uchun yuzaga keltirilgan qulayliklarga ham e’tibor qaratildi. Faollar hamda mas’ullarga “xonadonbay” va “fuqarobay” ishlash orqali aniqlangan kamchiliklarni hal etish, ehtiyojmand oilalarga ko’mak ko’rsatish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash bo’yicha ko’rsatmalar berildi.

Text to speech