Sektor rahbari zafarobodlik tadbirkorlar bilan ochiq muloqot qildi
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i,
general-mayor G`ayrat Qodirov, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo`yicha
vakil devoni Jizzax viloyati sho`’basi rahbari Sardor Usmanov hamda Zafarobod
tumani hokimi G`ayrat Eshpo`latovlar tadbirkorlar bilan muloqot qildi.
Sayyor qabulda ishbilarmonlar tomonidan faoliyatni
yanada kengaytirish uchun kredit ajratish, dorixona qurish hamda auksion
savdolari uchun er ajratish, salomatlik markazi faoliyatini yo`lga qo`yish
uchun amaliy yordam berish kabi masalalarda murojaatlar qilindi. Ko`tarilgan
masalalar mutasaddilar ishtirokida muhokama qilinib, ularni hal etish choralari
belgilandi.
Tadbir davomida bir qator tadbirkor va tadbirkorlik
qilish istagida bo`lgan fuqarolarga kredit olish haqidagi sertifikatlar
topshirildi.