Sektor rahbari Jizzax shahrida sayyor qabul o`tkazdi
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i,
general-mayor G`ayrat Qodirovning navbatdagi sayyor qabuli Jizzax shahrining
Zilol mahallasida bo`lib o`tdi. Sektor rahbari qabul avvalida o`zini-o`zi band
qilish uchun 5 nafar xotin-qizlarga subsidiya asosida tikuv moshinalari, bir
kishiga kredit mablag`i ajratilganligi haqida hamda 10 nafar yoshlarga oliy
ta’lim uchun shartnoma pulining ma’lum qismi to`langanligi va salomatligini
tiklash bilan bog`liq harajat qoplab berilganligi to`g`risidagi sertifikatlar
topshirildi. 4 nafar tashabbuskor yoshlar viloyat ichki ishlar boshqarmasi
boshlig`ining faxriy yorlig`i hamda esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi.
Muloqotda sektor rahbaridan shaharning “O`ratepalik”,
“Olmazor”, “Zilol”, “Uchariq” hamda Sharof Rashidov tumanining “Qahramon”
mahallasida istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimiz o`zlarini qiynayotgan
muammolarini hal etishda yordam so`rashdi.
Xususan, yaroqsiz holga kelgan elektr simlarini
almashtirish, ko`chalarga shag`al yotqizish, elektr simyog`ochlarni yangilash,
transformator o`rnatish kabi masalalarga mutasaddilar ishtirokida echim
izlandi. Shuningdek, “Zilol” mahallasidagi 29- sonli o`rta umumta’lim maktabiga
qo`shimcha o`quv binosi qurish, maktab hududidagi mini monomarkazining issiqlik
tizimini soz holatga keltirish, ishga joylashish, ko`chalarni tungi vaqtda
yoritish, asfalt qilish, avtomashinalar tezligini cheklashga oid masalalar ham
ko`tarildi.
Ko`tarilgan masalalarni o`z vaqtida hal etish hamda
kuz-qish mavsumiga ijtimoiy soha ob’ektlari va aholi xonadonlarini tayyor
holatga keltirish bo`yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi.
Sayyor qabulda jinoyatchilikning oldini olish, mavjud
masalalarni bartaraf etishda jonbozlik ko`rsatgan Zilol mahallasining
profilaktika inspektoriga fuqarolar tomonidan minnatdorlik bildirildi.