Sektor rahbarlari afv etilganlar bilan muloqot o’tkazdi
Ramazon hayiti arafasida mamlakatimiz rahbarining adashib jinoyatga qo’l urgan, lekin aybini chuqur anglab, tuzalish yo’liga qat’iy o’tgan 65 nafar fuqaroni afv etish bo’yicha farmonni imzoladi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 29 apreldagi “Ozodlikdan mahrum etish jazosini o’tayotgan, qilmishiga chin ko’ngildan pushaymon bo’lgan va tuzalish yo’liga qat’iy o’tgan bir guruh shaxslarni afv etish to’g’risida”gi Farmoniga muvofiq Jizzax viloyatida yashovchi 3 nafar fuqaro ozodlikka chiqdi va yana bir nafarining jazosi yengillashtirildi. Yaxshi ma’lumki, jazoni ijro etish muassasalaridan erkinlikka chiqarilgan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish, moddiy qo’llab-quvvatlash, ishga joylashtirish choralari ko’riladi.
Shu ma’noda, Jizzax viloyati hokimligida sektorlar rahbarlari ozodlikka chiqarilgan shaxslar bilan muloqot qilishdi. Tadbirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, bandlik, sog’liqni saqlash tashkilotlari vakillari qatnashdilar. Uchrashuv davomida Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev, Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov, viloyat prokurori Islomjon Ergashxodjayev so’zga chiqib, insonparvarlikka asoslangan ushbu farmonning ijrosi, mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, xalq turmush farovonligini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida to’xtaldilar.
Shundan so’ng avf etilganlarning muammolari o’rganildi. Jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan shaxslarga moddiy yordam ko’rsatish, ID karta rasmiylashtirish, bandligini ta’minlashga oid masalalar ko’tarildi.
Muloqotda afv etilgan shaxslarning ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug’ullanishi, jamiyatda munosib o’rin topishi uchun ularga sektorlar kesimida ko’mak berishga qaratilgan choralar belgilandi.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmati