Sektor rahbarlari jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan yig’ilish o’tkazdi
Yig’ilishda viloyat sektor rahbarlari, viloyat hokimi
o’rinbosarlari, viloyat, shahar va tumanlar prokurorlari, ichki ishlar organlari
rahbarlari, huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi mas’ullari, huquqni muhofaza
qiluvchi idoralar, mahalla raislari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida viloyat hokimi Farg’ona shahrida Ichki ishlar vazirligining kengaytirilgan
hay’at yig’ilishida respublikamiz Prezidenti tomonidan belgilab berilgan vazifalarning
viloyatimizda bajarilishi xususida so’z yuritdi. Xususan, mahallalarda jinoyatchilikni
jilovlash, krimnogen vaziyat murakkab bo’lgan, “qizil” toifadagi mahallalarni jinoyatdan
holi mahallaga aylantirish, “ijtimoiy profilaktika” tamoyili asosida ish olib borish
hamda profilaktika inspektorlarining xizmat faoliyati natijadorligini oshirish,
profilaktika inspektorlarining xizmat sharoitini yanada yaxshilash masalalariga
e’tibor qaratdi.
Shuningdek, Ergash Saliyev joriy yilning o’tgan davrida
viloyatda sodir bo’lgan huquqbuzarlik va jinoyatlar to’g’risida ma’lumot berdi.
Uchrashuvda Jizzax viloyati prokurori Islomjon Ergashxo’jayev
hamda viloyat IIB boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov Jizzax shahri hamda SHarof
Rashidov tumanlarida aholi osoyishtaligini ta’minlash, jamoat xavfsizligini saqlash,
huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida
amalga oshirilgan ishlar xususida ma’ruza qilishdi.
Yig’ilishda sodir etilgan qonunbuzilishlar mahallalar kesimida tahlil
qilinib, ularning sabab va omillari tilga olindi. SHu qatorda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda mahallalarda
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini takomillashtirish,
hududlarda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida ishni tashkil etish, profilaktika
inspektorining ishini yengillashtirish va ish natijadorligini oshirishga oid takliflar
bildirildi.
Uchrashuvda Jizzax shahridagi kriminogen vaziyati og’ir
bo’lgan Bobur hamda Sharof Rashidov tumanining Qahramon mahallalarini “jinoyatdan
xoli mahalla”ga aylantirish bo’yicha qilinishi lozim bo’lgan vazifalar belgilandi.
Bu borada qilinishi lozim bo’lgan ishlar bo’yicha sektor rahbarlari, mahallalar
beshligi hamda mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi. Xullas mazkur tadbirda
mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish ahvoli
muhokama qilinib, bu boradagi ustuvor vazifalar belgilab
olindi.