Sektor rahbarlarining hisoboti tinglandi
Xalq deputatlari Jizzax viloyat kengashining o’ttiz ikkinchi sessiyasi o’tkazildi. Sessiyada dastlab sektor rahbarlari hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “YOshlar daftari” asosida amalga oshirilayotgan ishlar xususida axborot berishdi.
Sessiyada 3- sektor rahbari, Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov viloyat hududida 2021 yilda sodir etilgan jinoyatlar, ichki ishlar organlari tomonidan jinoyatchilikni jilovlash va huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash borasida olib borilgan ishlar xususida ma’ruza qildi. Ta’kidlanishicha, asosiy e’tibor fuqarolar xavfsizligini samarali ta’minlash va jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikning barvaqt oldini olishga qaratilib, bu borada muayyan ishlar amalga oshirildi.
Bundan tashqari, 3- sektor hududidagi mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining ehtiyojmand qatlamini qo’llab-quvvatlash, bandlik, ijtimoiy soha ob’yektlari qurilishi va yo’llar ta’mirlanishi, mavjud masalalarni hal etish, hudud imkoniyatidan kelib chiqqan holda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan ishlar ham ma’lum qilindi.
Sessiyada viloyat prokuraturasi organlarining 2021 yildagi faoliyati, viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig’ining mahalliy byudjet daromadlari bajarilishi, qo’shimcha rezervlarni aniqlash, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar kesimida byudjetdan hisoblangan va amalda to’langanligi, ular bo’yicha soliq qarzdorligi to’g’risida va Xalq qabulxonasi tomonidan sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati, murojaatlar bilan ishlash holati bo’yicha kiritgan axboroti yuzasidan mas’ul viloyat tashkilotlari rahbarlarining hisobotlari eshitildi.
Sessiyada 17 ta masala ko’rilib, ularning barchasi atroflicha muhokama etildi va qarorlar qabul qilindi.