30 Mart 2022 yil 510

Sektor rahbari joylardagi obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jizzax akademik litseyida o’quvchilarning ta’lim olishi uchun zarur sharoitni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. SHu ma’noda qo’shimcha inshoatlar qurilib, o’quv binosi kaptal ta’mirlanmoqda. Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i bilim yurtida olib borilayotgan ana shu qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi. Mas’ullar bilan suhbatda o’quvchilarning ovqatlanishi uchun zarur sharoitlar yaratish, o’quv xonalarini zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash, sport maydonchasi qurilishi ishlarini jadallashtirish, hudud obodligini ta’minlash bo’yicha topshiriqlar berildi.

Ichki ishlar organlari xodimlarining malakasini oshirish markazida yaratiladigan sharoitlar, olib boriladigan qurilish va ta’mirlash ishlari ham ko’zdan kechirildi. O’quv binosidagi ta’mirlash ishlarini o’rganish chog’ida zarur qulayliklarni yuzaga keltirishga alohida e’tibor qaratish lozimligi uqtirildi.

SHu kunlarda viloyat ichki ishlar boshqarmasi yo’l harakati xavfsizligi boshqarmasi binosida qurilish ishlari jadal davom etmoqda. Boshqarma boshlig’i ushbu bunyodkorlikning borishi bilan ham tanishdi. Quruvchi va mas’ullar bilan suhbatlashib, zarur sharoitlarni yaratish bo’yicha taklif ham mulohazalar bildirildi.

Text to speech