Sektor rahbari oqtepaliklar bilan muloqot qildi
Jizzax viloyati IIB boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov aholi muammolariga yechim topish maqsadida Forish tumani Oqtepa mahallasida aholi, xususan, yoshlar bilan uchrashdi. Sayyor qabulda fuqarolar o’zlarini qiynab kelayotgan muammolarini hal etishda sektor rahbaridan yordam so’rashdi. Xususan, transformator o’rnatish va elektr tarmoqlarini yangilash, ichki ko’chalarni asfal’t qilish, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, ko’chalarni beton qilish, ta’mirlash, salomatligini tiklash, kadastr hujjatlari, xonadonini tabiiy gaz tarmog’iga ulash kabi ko’tarilgan har bir masalaga mutasaddilar ishtirokida yechim izlandi.
Sayyor qabulda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mavjud kamchiliklarni hamda bayon etilgan masalalarni joyida bartaraf etish bo’yicha sektorlar rahbarlari, tegishli idoralar mas’ullari hamda mahalla faollariga topshiriqlar berildi.
Jarayonda ehtiyojmand oilalar hamda yoshlarga subsidiya asosida tikuv moshinkalari, elektr pech, safarbarlik chaqiruv rezervi uchun pul mablag’i to’langanligi, moddiy yordam ajratilganligi haqidagi sertifikatlar topshirildi. Bundan tashqari bir guruh faol va tashabbuskor yoshlar viloyat IIB boshlig’ining faxriy yorliq hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.
Muloqotdan so’ng 3- sektor rahbari tumandagi 30- sonli o’rta umumta’lim maktabining qo’shimcha o’quv binosi qurilishi bilan ham tanishdi. SHuningdek, tomorqadan unumli foydalanayotgan oqtepaliklarning tajribalari bilan o’rtoqlashildi.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmati