4 Noyabr 2021 yil 614

Seyfdagi pullarni kim o’margandi?

Do’stlik tumani Mevazor mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiladigan, tuman mashina traktor parki buxgalteri ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. Murojaatida ishxonasi seyfidan 78 million 600 ming so’m o’g’irlanganligini bildirgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atilib, olib borilgan tezkor surishtiruv davomida jinoyat mazkur MTP xodimi, tumanning Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi shaxs tomonidan sodir etilgani aniqlandi. Undan 60 million so’m pul va 1 dona temir kesish uskunasi hujjatlashtirib olingan.

Text to speech