29 Noyabr 2022 yil 459

SH.Rashidov tumanida xizmat intizomiga bag’ishlangan uchrashuv o’tkazildi

Jizzax viloyati IIB tomonidan SH.Rashidov tumani IIBda xizmat intizomini mustahkamlash va qonuniylikni ta’minlash masalasida uchrashuv o’tkazildi. Yig’ilishda tuman ichki ishlar bo’limi xodimlari, ularning oila a’zolari va ota-onalari ishtirok etishdi. Tadbirda viloyat IIB boshlig’i o’rinbosari, podpolkovnik H.Abdullayev hamda IIV SHXBB Jizzax viloyati bo’yicha bo’limi boshlig’i, podpolkovnik A.Sodiqov ichki ishlar tizimida olib borilayotgan islohotlar, xodimlarning jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash va osoyishtalikni ta’minlash borasidagi xizmatlarini e’tirof etishdi.

SHuningdek, tizim moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, soha xodimlarining xizmat sharoitlarini yaxshilash, turar joy bilan ta’minlash, farzandlarini oliy o’quv yurtlariga qabul qilish hamda tibbiy xizmatdan foydalanishdagi imtiyozlar bilan birga xizmat faoliyatini samarali tashkil etish uchun yaratilayotgan qulayliklar ham tilga olindi. SHu bilan birga xodimlar tomonidan sodir etilgan ayrim salbiy holatlar haqida ma’lumot berilib, kasbiy ko’nikmalarini oshirish, fuqarolar bilan xushmuomalada bo’lish, xizmat intizomiga qat’iy rioya etish, tamagirlik va boshqa qonunbuzarliklarga yo’l qo’ymaslik zarurligi uqtirildi.

Tadbir davomida xizmat faoliyatida namuna ko’rsatgan bir guruh xodimlarning ota-onasi va turmush o’rtoqlariga viloyat IIB boshlig’ining tashakkurnomasi topshirildi. Jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlashda namunali xizmat olib borayotgan xodimlar munosib rag’batlantirildi.

Yig’ilish so’nggida shaxsiy tarkibga qonunchilikni buzgan va hozirgi vaqtda ozodlikdan mahrum etilib, jazo muddatini o’tayotgan sobiq xodimlar to’g’risida tayyorlangan “Nadomat” nomli videofil’m namoyish etildi.

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech