Sifatsiz go’sht yoqildi
Joriy yilning 3 iyunga o’tar kechasi G’allaorol tumani hududidagi “Sangzor-15” yo’l-patrul’ xizmati maskanida Qashqadaryo-Toshkent yo’nalishida shubhali harakatlangan “Cobalt” to’xtatilib, viloyat IIB JXX JTSB karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi xodimlari tomonidan tekshirildi. Qashqadaryo viloyati CHiroqchi tumani CHappari qishlog’ida yashovchi 1982 yilda tug’ilgan E.T. fuqaro boshqaruvidagi avtoulovni ko’zdan kechirish chog’ida yukxona va salonida go’sht mahsulotlari veterinariya-sanitariya qoidalariga zid ravishda olib ketilayotgani aniqlandi. Haydovchi ushbu go’sht mahsulotlariga oid hech qanday hujjatni taqdim eta olmagan. Ammo E.T. go’shtni Qashqadaryo viloyatidan Toshkent shahriga sotish maqsadida olib ketayotganini ma’lum qilgan.
Tadbir jarayonida soha xodimlari tomonidan jami 820 kilogramm go’sht mahsulotlari hujjatlashtirib olingan. Uning iste’molga yaroqliligini tekshirish maqsadida vaqtincha muzxonaga joylashtirilgan. Biroq, laboratoriya tekshiruvida go’sht mahsulotining iste’molga yaroqsizli oydinlashdi. SHundan so’ng ushbu go’sht mahsuloti tegishli tartibda yoqib yo’q qilindi.