8 Avgust 2024 yil
2343
Ichki ishlar vaziri o`rinbosari general-mayor Bekmurod Abdullaev tomonidan Jizzax shahar 3 sonli ichki ishlar bo`limi va “Madaniyat” MFY faoliyati bilan yaqindan tanishdi
Ichki ishlar vaziri o`rinbosari dastlab Jizzax shahridagi 3
sonli IIB da bo`lib, qonunbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi
kurashish, xususan, “Xavfsiz hudud” va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi
oyligi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va hududiy ishchi guruh faoliyati
bilan tanishdi.
Shundan so`ng, shahardagi “Madaniyat” MFY mahalla ettiligi
vakillari bilan suhbatlashib, mahalla profilaktika inspektorining ish faoliyati
o`rganildi, hamda ijtimoiy profilaktika ob’ektlari bo`lmish huquqbuzarlik sodir
etishi yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori bo`lgan shaxslar bilan olib
borilishi kerak bo`lgan ijtimoiy profilaktika chora-tadbirlar borasida zarur
tavsiyalar berdi.