9 Sentyabr 2021 yil 591

“Spark”da “Damas”ni  quvib o’tmoqchi bo’ldi

SHarof Rashidov tumani hududidan o’tuvchi A-376 yo’lining 289- kilometrida Samarqand viloyati Jomboy tumani Saroy qishloq fuqarolar yig’inida yashovchi, uy bekasi S.S. boshqaruvidagi “Spark” bilan “Damas”ni  quvib o’tmoqchi bo’ldi.

Bu jarayonda yo’l-transport hodisasi ro’y berib, “Damas” salonida bo’lgan Zomin tumani Nurlikent mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi, 2005 yilda tug’ilgan o’quvchi chap o’mrov yelka suyagi yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech