12 Oktyabr 2022 yil
492
Sud tomonidan qidiruv e’lon qilingan shaxs qo’lga olindi
Toshkent shahri YAkkasaroy tumani Qizilqum ko’chasida doimiy ro’yxatda turgan J.X. Jizzax viloyati hududida tadbirkorlik faoliyatini yuritar ekan soliqlar yoki boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan bo’yin tovlash hamda savdo yoki xizmat ko’rsatish qoidalarini buzish mazmunidagi jinoyatlarga qo’l urdi.
Qilmishlari oshkor bo’lgach esa yashirinishni ma’qul yo’l, deb bildi. SHu bois jinoyat ishlari bo’yicha Baxmal tumani sudi tomonidan qidiruv e’lon qilindi. Tabiiyki, ichki ishlar organlari xodimlari uning jazodan qutilib qolishiga yo’l qo’ymadilar. J.X.ning Toshkent shahridagi yashirin manzili aniqlanib, qo’lga olindi.