16 Dekabr 2022 yil 536

Sumkadan marixuana topildi

Ichki ishlar organlari xodimlari Jizzax viloyati G’allaorol tumani Ko’kgumbaz mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan “Sangzor-15” YPX maskanida tumanning G’afur G’ulom mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi SH.YU. boshqaruvidagi “Kobalt”ni to’xtatganlarida avtoulovdagi yo’lovchi o’zini shubhali tuta boshladi. SHu bois u tuman ichki ishlar bo’limiga keltirilib, shaxsiy tintuvdan o’tkazildi.

Mazkur jarayonda G’afur G’ulom mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi S.Q.ning qo’lidagi oq rangli sumkadan 130,63 gramm marixuana topildi. Voqea holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo’zg’atilishi bilan rivojlandi.

Text to speech