25 Noyabr 2022 yil 565

Tabiatga zarar yetkazganlar ushlandi

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Aydar-Arnasoy ko’llar tizimiga tutash Jizzax viloyatining Arnasoy tumani hududida “To’r” tadbirini o’tkazdilar. Mazkur jarayonda Samarqand viloyati Kattaqo’rg’on tumani Navro’z mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi K.U.dan 36 dona baliq hamda 5 ta to’r, shu tumanning G’arbmajid mahallasida istiqomat qiluvchi A.T.dan 37 ta baliq va 10 ta to’r, uning mahalladoshi G’.R.dan 16 dona baliq va 1 ta to’r, Arnasoy tumani Baxtli mahallasida yashovchi M.A.dan 51 dona baliq va 5 ta to’r, ayni shu manzilda istiqomat qiluvchi B.Q.dan 66 dona baliq va 1 ta 100 metrlik to’r olindi. Baliqlarning umumiy og’irligi 114 kilogrammni tashkil qilgan. Holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech