21 Fevral 2023 yil 461

Tadbirkorlar muqobil energiyaga qiziqish bildirishayapti

Joriy yil 10 fevral’ kuni mamlakatimiz Prezidenti Jizzax viloyatiga tashrifi davomida sektorlar rahbarlariga ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni kuchaytirish, xususan muqobil energiyadan foydalanishni keng qo’llash yuzasidan topshiriqlar bergan edi. SHu ma’noda Jizzax viloyati IIB boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov Zomin tumanining Dashtobod shahrida joylashgan “Ermak” mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo’lib, ushbu korxonaga quyosh panellari o’rnatish imkoniyatlari bilan tanishdi.

O’z navbatida korxona mas’ullari arzon elektr olish, qolaversa energiya uzluksizligini ta’minlash maqsadida yuqori quvvatli quyosh panellaridan foydalanish niyatida ekanliklarini bildirdilar. Ma’lumot o’rnida aytish joiz, mazkur MCHJda bir kunda 20 tonna shinni va sharbat ishlab chiqarilmoqda. Bu mahsulotlar Turkiya, Rossiya, Isroil va Xitoyga eksport qilinayotir.

Text to speech