11 Sentyabr 2021 yil 671

Talaba talabani chuv tushirdi

Jizzax shahrining Qassoblik mahallasida joylashgan tijorat banki binosi oldida Jizzax politexnika instituti talabasiga bir kishi 10 ming so’mlik pullarini yiriklatib berishini so’rab jami bir million so’m beradi. Talaba olgan pulni sanaganida 10 ming so’m kam chiqadi. Notanish shaxs bergan pullari haqiqatan ham kamligini tasdiqlaydi va o’sha pulni beradi.

U ketgandan so’ng jabrlanuvchi pullarni sanab ko’rganda yana kam chiqadi. Biroq, bu safar 300 ming so’m. Jizzax shahar ichki ishlar organlariga bu haqdagi murojaat asosida olib borilgan qidiruv tadbirida ushbu jinoyatni Jizzax shahrining Kimyogar mahallasida istiqomat qiluvchi shaxs sodir etgani ma’lum bo’ldi.

Darvoqe, talabani chuv tushirgan fuqaro ham aslida Toshkent shahridagi oliygohlardan birining 3- bosqich talabasi. Qo’zg’atilgan jinoyat ishi doirasida o’g’irlik qilgan shaxsdan pullar hujjatlashtirib olingan.

Text to speech