24 Dekabr 2022 yil 434

Ta’lim sifatini oshirish choralari ko’rilyapti

IIV Jizzax akademik litseyida ta’lim sifatini oshirish va o’quvchilar intizomini mustahkamlash masalalariga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi.

Pedagogik jamoa va o’quvchilar ishtirokida uyushtirilgan tadbirda ta’lim muassasasi direktori, polkovnik Kamoliddin Umarov darslarda zamonaviy o’quv uslublarini qo’llash, fan to’garaklari imkoniyatlaridan keng foydalanish hamda yoshlarning vatanparvarlik tuyg’ularini yuksaltirishga qaratilgan ishlar xususida so’z yuritdi.

SHuningdek, yig’ilishda fanlarni o’zlashtirishda orqada qolayotganlar bilan ishlash, yoshlarni erkin va kreativ fikrlashga o’rgatish hamda o’quvchilar o’rtasida intizomni mustahkamlash masalariga to’xtalib o’tildi. 

 

 

Text to speech