7 Dekabr 2021 yil
598
Talon-taroj qilish jinoyatini sodir etgan fuqaro qo’lga olindi
Jizzax shahrining Ravalliq mahallasida yashovchi S.M. o’zlashtirish yoki rastrata yo’li bilan talon-taroj qilish jinoyatini sodir etdi.
Holat huquqni muhofaza qiluvchi organlarga oshkor bo’lgach, u zararlarni qoplash o’rniga qochib qoldi. SHu bois joriy yilning 27 oktyabrida jinoyat ishlari bo’yicha Jizzax shahar sudi tomonidan ushbu shaxsga nisbatan qidiruv e’lon qilindi.
Ammo ichki ishlar organlari xodimlari qochoqning jazodan qutilib qolishiga yo’l qo’ymadilar. S.M.ning Toshkent shahridagi yashirin manzili aniqlanib, qo’lga olindi.