20 Avgust 2021 yil 659

Talonchi qo’lga tushdi

Zomin tumani Beshkubi aholi punktida yashovchi fuqaro ichki ishlar organlariga murojaat qildi. Arizada ma’lum qilinishicha, shu yilning 12 avgust kuni o’zining boshqaruvidagi avtouloviga yo’lovchi sifatida mingan noma’lum shaxs haydovchining “Redmi-7” rusumli qo’l telefoni apparatidan foydalanish uchun oladi.

Nurlikent mahallasi hududiga yetganida esa avtoulovini to’xtatishini so’raydi va avtomashina to’xtagandan so’ng telefon apparatini qaytarib bermasdan voqea joyidan yashiringan.

Ichki ishlar organlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbiri davomida ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs qo’lga olindi. Nurlikent mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarodan daliliy ashyo hujjatlashtirilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atilgan.

Text to speech