19 Dekabr 2022 yil
574
Talonchi ushlandi
Jizzax shahri Mirzo Bobur mahallasida yashovchi A.S. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, talonchidan aziyat chekkanligini bildirgan. Ayon bo’lishicha, jabrlanuvchining mahalladoshi B.YU. unga tegishli uyali aloqa vositasini gaplashish uchun olganu qochgan.
Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo’zg’atildi. Ta’kidlash kerak, talonchilik og’ir turdagi jinoyatlar sirasiga kiradi va shunga yarasha qonunchilikda jazo belgilangan.